Assalomu alaykum! Telegram kanalimizga a’zo bo’lish uchun bu yerga bosing 👉 Instagram sahifamiz bu yerda👉 @pazanda.uz_dilafruz Salatimiz uchun: 200 gr go’sht 2 ta kartoshka 2 ta baqlajon 2 ta pomidor 2 ta bodring Kashnich Ukrop Ismaloq Go’shtni 1 soat suvda qaynatib,pishirib olamiz. Kartoshkani mayda somoncha qilib to’rg’ab, koproq yog’da baland olovda qizartirib qovuramiz. Baqlajonni kattaroq somoncha qilib uni Ham kartoshkadek qovurib olamiz. Pishgan go’shtni yaxshilab sovutamiz. Hamma masalliqlarni mayda somoncha qilib to’rg’aymiz. Ko’katlarni ham mayda to’rg’aymiz. Ta’bga ko’ra tuz sepib xoxlasak mayonez qo’shib, xoxlasak qo’shmasdan masalliqlarni aralashtiramiz. Yoqimli ishtaha!


Assalomu alaykum! Qozonda KABOB- SHASHLIK tayyorlaymiz! Mol yoki qo’y go’shtini shashlikbop qilib to’rg’aymiz. 1 ta piyozni qirgichdan chiqaramiz, yarimta limon suvi ham qo’shamiz. Ta’bga ko’ra tuz, murch, zira, kashnich urugi, yana xoxlagan ziravorlarimizdan qo’shamiz. Marinovka uchun 2-3 soat holodilnikka qo’yamiz. So’ng go’shtni yog’oq cho’plarga terib chiqamiz. Qozonga koproq yog quyib kartoshkani baland olovda qizartirib qovuramiz. Shashliklarni Ham baland olovda qizartirib qovurib olamiz. Endi qozonda yarim cho’mich yog’ qoldirib to’rgalgan piyoz, pomidor, balgarskiy, qovurilgan kartoshkani solib, tuz sepib aralashtiramiz. Ustiga shashliklarni terib yarim st suv quyamiz va o’rtadan pastroq olovda 45-50 minut dimlab pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha! Telegram kanalimiz manzili👇👇👇


Assalomu alaykum! Telegram kanalga o’tish uchun ushbu ssilkani bosing Pitsa Hamiriga: 1 st iliq suv 1 ch q tuz Yarim kg un 1 ch q droja 4, 5 osh q zaytun yog’i O’rtacha hamir qilamiz. 1 soatga oshirgani qo’yamiz. Hamir oshgach zuvala qilib yoyamiz (iloji bolsa qo’lda). Yoyilgan hamirga sous suramiz, Men 2 osh q tomat pastasiga ozroq suv, ko’katlar, tuz, murch solib sous qilib surtdim. 2 osh q mayonez Ham surtamiz. 300 gr (tahminan) pishloqni qirg’ichdan chiqarib hamir ustiga sepamiz, ozrogini olib qo’yamiz. Pitsa uchun eng yaxshisi Mozarella pishlogi👌 Ustiga xoxlagan nachinkani solamiz, sabzavotlar, kolbasa. 200 gr/400 f da 20 minut pishirib olamiz. Endi duhovkadan olib bo’laklarga bo’lamiz. Ustidan qolgan pishloqni Ham sepib duhovkani issig’ida 3 minut pishloqni Ham eritib olamiz, pishlog’i o’zi cho’ziliiiib chiqadi. Yoqimli ishtaha!😋😋👍👍🍕🍕🍕🍕


Assalomu alaykum! Juda tez tayyor bo’ladigan BISKVIT!!! TELEGRAM kanalimizga kirish uchun ushbu ssilkani bosing👇👇👇 PRINCESS RAVSHANOY kanalimizga ham obuna bo’lishni unutmang 🤗👇👇 “”””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””” Biskvit uchun: 8 ta tuhum 180 gr shakar(1 stakan) 200 gr un (1 stakan) 1 ch q razrixlitel 1 ch q vanilin Bir chimdim tuz Tuhumni oqi va sarig’ini ajratamiz. Oqiga tuz, 150 gr shakar solib qattiq ko’pik bo’lgunicha ko’pirtiramiz. Sarigiga 30 gr shakar solib uni ham ko’pirtiramiz. Ikkala massani shpatelda aralashtiramiz. Un+razrixlitel+vanilinni elakka solib ozginadan tuhum ustiga elaymiz, Bir tomonga aylantirib sekin-asta hamma unni aralashtirib olamiz. Pergament qog’oz solingan katta listga hamirni to’kib tekislaymiz, 180 gr/350 f da 15-20 minut pishirib olamiz. Shirinliklar ga ishlatishdan oldin yaxshilab siroplab, krem surtamiz!


Assalomu alaykum! TELEGRAM kanalimiz manzili👇👇 INTAGRAM sahifamizni 👉 @pazanda.uz_dilafruz deb qidiring PRINCESS RAVSHANOY kanalimizga ham obuna bo’lishni unutmang 🤗👍👇 “”””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””RAMAZON oyi barchamizga muborak bo’lsin! Saharlik dasturxonimiz uchun judayam mazali va to’yimli bo’lgan QIYMALI PATIR tayyorlaymiz! 800 gr un 2 osh q shakar 1 osh q tuz 1 osh q droja 100 ml eritilgan saryog’ yoki margarin 500 ml iliq sut yoki suv Yumshoqqina hamir qoramiz, oshirish uchun iliq joyga 2 soatga olib qo’yamiz. Qiymasiga: 700 gr yog’li qiyma 2 ta o’rtacha piyoz Tuz,murch Ziravorlar Piyozni qirgichdan chiqarib qiymaga qoshamiz, tuz, ziravorlar solib yaxshilab aralashtiramiz. Hamir ko’pgach 4 ta zuvalaga bo’lib, har bir zuvalani biroz qo’lda yoyamiz, o’rtasiga qiymadan dumaloq qilib qo’yib hamir chetlarini somsaga o’xshab yopib chiqamiz. Qiymali hamirni katta qilib qo’lda yoyib, chekich yordamida gul solamiz. Ustiga tuhum surtib, sedana sepamiz va qizigan Duhovkada 200 gr/400 f da 20-25 minut pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha! Kanalni do’stlaringiz bilan ham ulashing👇👇👇


TELEGRAM kanalimiz manzili👇👇 INTAGRAM sahifamizni 👉 @pazanda.uz_dilafruz deb qidiring PRINCESS RAVSHANOY kanalimizga ham obuna bo’lishni unutmang 🤗👍👇 “””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””” Assalomu alaykum! Uy sharoitida MUZQAYMOQ tayyorlaymiz! 500 ml muzdek qaymoq (juda yogli bolishi shart emas, quyiladigan qaymoq bo’lsin) 0,5 banka quyultirilgan sut (sgushonnoe moloko) 0,5 osh q vanilin Qaymoqni quyilgunicha mikser qilamiz, judayam qattiq krem bo’lmasin! Keyin quyultirilgan sut va vanilin solib mikserda aralashtiramiz. Tayyor bo’lgan massani muzqaymoq qoliplariga yoki qopqoqli konteynerlarga solamiz va muzhonaga 6-8 soatga qo’yamiz. Qolipdan chiqarish uchun 10-15 soniya iliqdan issiqroq suvga qolipni botirib olamiz, keyin muzqaymoqni qolipdan sekin chiqarib olamiz. Ustiga qoplash uchun yarim st shokoladni 1-2 osh q salat yogi bilan mikrovolnovkada yoki suv hammomida eritib olamiz. Erigach aralashtirib, 1-2 osh q maydalangan yongoq solamiz. Muzqaymoqlarimizni sekjn asta shokoladga botirib olamiz va shokoladi qotgunicha muzhonaga qo’yamiz. Yoqimli ishtaha! Kanalni do’stlaringiz bilan ham ulashing👇👇👇


Telegram kanalimizga a’zo bo’lish uchun bu yerga bosing 👉 Instagram sahifamiz bu yerda👉 @pazanda.uz_dilafruz ANDIJONCHA OSH uchun masalliqlar: 0,5 kg guruch 0,5 kg to’rg’algan sabzi 0,5 kg go’sht 2-3 ta piyoz 2 cho’mich-180 ml yog’ (salat,zaytun,qo’y yog’i) 1 kosa pishgan no’xot Qaynagan suv Tuz, zira Ингредиенты для ПЛОВ: 0,5 кг рис 0,5 кг морковь нарезанный 0,5 кг мясо 2-3 щ луковица 180 мл масло (салатное,оливковое, курдючное) 1 чаша Готовый горох или консервированный Кипяток Соль, Зира


Assalomu alaykum! Telegram kanalimizga a’zo bo’lish uchun bu yerga bosing 👉 Instagram sahifamiz bu yerda👉 @pazanda.uz_dilafruz Judayam oson va tez tayyor bo’ladigan QATLAMALI HAMIR! Bu hamirni asosan Napoleon tortiga ishlataman, lekin boshqa qatlamali hamir kerak boladigan shirinlik, somsalarga Ham bo’ladi. 1 kg un 700 gr margarin yoki saryog’ Suyuqlik uchun : 2 ta tuhum 2 osh q uksus 5-7 % lik 1 ch q tuz 500 ml bo’lgunicha muzdek suv Hamma masalliqlarimiz muzdek bo’lsin ! Unni yarmini stolga to’kib margarinni qirg’ichni katta tishidan chiqaramiz. Margarinni un bn aralashtirib turamiz. Endi hamir qorish uchun suyuqlik tayyorlaymiz: o’lchov idishimizga tuhum, uksus, tuz, yarim litr bolgunicha muzdek suv quyib aralashtiramiz. Margarinli unni o’rtasini ochib suyuqlikni quyamiz, mijimasdan, mushtlamasdan, masalliqlarni yig’ib yig’ib hamir qilamiz. Tayyor bo’lgan hamirni selofanga o’rab holodilnikka kamida 2 soatga qo’yamiz, 1 kun tursa yanayam yaxshi.👍


Assalomu alaykum! Do’mboqqina oladilar, juda mazali va yumshoq boladi👌 1 st to’la qatiq 1 ta tuhum Yarim st shakar Yarim ch q tuz 2 st (sal kamroq bo’lishiyam mumkin) un 1 ch q soda Qovurish uchun yog’ 1 st qatiqni issiq qilib gazda yoki mikrovolnovkada isitamiz, qaynab ketmasin! So’ng 1 ta tuhum, yarim stakan shakar, chimdim tuz solib aralashtiramiz. 2 st unni oz-ozdan solib venchikda aralashtiramiz, birdaniga hammasini solib yubormang, videoda ko’rsatilganidek judayam quyiiiq hamir bo’ladi. Hamir tayyor bo’lgach, endi 1 choy qoshiq choy soda solamiz, hamir ko’pirishni boshlaydi. Tovaga ozroq yog’ quyib hamirdan 1 osh qoshiqdan solib o’rta olovda pishiramiz. Hamir qoshiqdan juda qiyinlik bilan tushadi. Tagi qizarib, ustidagi hamir qurib qolmasidan orqasini o’giramiz. Yog’i ozayib qolsa yana ozroq yog’ quyib turamiz. Pishgach chiroyli qilib bezatib murabbolar bilan dasturxonga tortamiz, Yoqimli ishtaha!


Assalomu alaykum! Telegram kanalga o’tish uchun ushbu ssilkani bosing Instagramdan 👉 @pazanda.uz_dilafruz deb qidiring PRINCESS RAVSHANOY kanalimizga ham obuna bo’lishni unutmang 🤗👍👇👇 “””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””” Pitsa Hamiriga: 300 ml l iliq suv 1 ch q tuz Yarim kg un 1 ch q droja 4, 5 osh q zaytun yog’i O’rtacha hamir qilamiz. 1-1 yarim soatga oshirgani qo’yamiz. Hamir oshgach zuvala qilib yoyamiz (iloji bolsa qo’lda). Hamir chetlariga pishloqni uzun somoncha qilib kesib, joylab, hamir bilan yopib chiqamiz. Yoyilgan hamirga sous suramiz, Men 2 osh q tomat pastasiga ozroq suv, ko’katlar, tuz, murch solib sous qilib surtdim. 300 gr (tahminan) pishloqni qirg’ichdan chiqarib hamir ustiga sepamiz, ozrogini olib qo’yamiz. Pitsa uchun eng yaxshisi Mozarella pishlogi👌 Ustiga xoxlagan nachinkani solamiz, sabzavotlar, kolbasa, go’sht. 210 gr/425 f da 15-20 minut pishirib olamiz. Endi duhovkadan olib bo’laklarga bo’lamiz. Ustidan qolgan pishloqni Ham sepib duhovkani issig’ida 3 minut pishloqni Ham eritib olamiz, pishlog’i o’zi cho’ziliiiib chiqadi. Yoqimli ishtaha!😋😋👍👍🍕🍕🍕🍕


Assalomu alaykum! Duhovkada butun Tovuq pishiramiz. Telegram kanalga o’tish uchun ushbu ssilkani bosing Eng avval tovuqni yaxshilab yuvib, salfetka bilan quritib olamiz. Marinovka uchun aralashma tayyorlaymiz: 1 ta kichikroq limon yoki laym suvi 1 osh q to’la mayonez Tuz Murch Kashnich urugi Zira Tovuq uchun maxsus ziravorlar Hammasini aralashtirib tovuqni hamma joyiga yaxshilab surtib chiqamiz va 3-4 soatga marinovka uchun holodilnikka qo’yamiz. Kartoshka, sabzi, brokkoli to’rg’ab ziravorlar, ozroq zaytun yogi bilan aralashtiramiz, patnisga sabzavotlar va tovuqni joylab 180 gr/375 f da 1 soat Duhovkada pishiramiz. Song sabzavotlarini olib tovuqni orqasini o’giramiz, yana 20 minut 200 gr da tovuqni o’zini pishiramiz. Pishgach hammasini chiroyli qilib idishga suzib dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!🍗😋


Assalomu alaykum! Princess Ravshanoy kanaliga ham obuna bo’ling!🤗👍👇 Gruzincha CHEXOXBILI taomini eng oson usuli. Telegram kanalga ulanish uchun bu yerga bosing👇 Ushbu taom uchun kerakli masalliqlar: Tovuq go’shti 1 kg Piyoz 2-3 ta Pomidor 2-3 ta Pomidor sous yoki konserva 1 banka Petrushka yarim bog’ Sarimsoq 3-4 tish 50 ml l yog’ Tuz murch Ziravorlar Xmeli-suneli Qalampir kukuni (xoxishga ko’ra) Tovuqni o’rtacha bo’laklarga bo’lamiz. Pomidor, piyoz, ko’katlar,chisnokni to’rg’aymiz. Qozonga yogni quyib go’shtni biroz qovuramiz, ziravorlarni solamiz. Piyozni ham solib biroz qovuramiz va pastroq olovga 10-15 minut dimlaymiz. Song pomidor+sousni ham qoshib yana 15 minut past olovda dimlaymiz. Pishgach ko’katlar, chisnok solib aralashtiramiz va idishlarga suzib dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!


Assalomu alaykum! Uy sharoitida tayyorlangan MUZQAYMOQ retsepti bu yerda👇👇 TELEGRAM kanalimiz manzili👇👇 INTAGRAM sahifamizni 👉 @pazanda.uz_dilafruz deb qidiring PRINCESS RAVSHANOY kanalimizga ham obuna bo’lishni unutmang 🤗👍👇 “”””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””” Milkshake ya’ni sutli kokteyl tayyorlaymiz! Banan va muzqaymoqli kokteyl: 2 osh q muzqaymoq 1 st muzlatilgan banan 1 st muzdek sut Hammasini blenderga solib yaxshilab maydalanib, quyiq kokteyl holiga kelgunicha aralashtiramiz. Muzqaymoqsiz mevali kokteyl (smoothie) : 1 st muzlatilgan smorodina 1 st muzlatilgan qulupnay 300 ml muzdek sut 1-2 osh q asal Hammasini blenderda yaxshilab maydalanib, quyiq kokteyl holiga kelgunicha aralashtiramiz. Kokteyllarimiz tayyor! Bu ichimlikka mevalarni muzlatib solinadi. Yoki yangi mevalar solib, ozroq muz bo’lagi solinadi. Ushbu ichimlik asosan muzdek holatda ichiladi. Quyiqqina, huddi muzqaymoqni biroz yumshatib ichganday bo’lasiz, qisqasi MAZZA‼️😋😋👍👍


Assalomu alaykum! TELEGRAM kanalimiz manzili👇👇 INTAGRAM sahifamizni 👉 @pazanda.uz_dilafruz deb qidiring PRINCESS RAVSHANOY kanalimizga ham obuna bo’lishni unutmang 🤗👍👇 “””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””” Duhovkada TOVUQLI SHASHLIK tayyorlaymiz ‼️ Lahm Tovuq go’shti 1 osh q mayonez 1 osh q tomat pastasi Tuz, murch Paprika Ziravorlar Go’shtni xoxishga, odam soniga qarab ozroq yoki ko’proq tayyorlaysiz. Go’shtni shashlikbop qilib to’rg’ab olamiz. Mayonez, tomat, ziravorlar bilan aralashtirib, 1-2 soatga holodilnikka marinovka uchun qoldiramiz. So’ng sixlarga go’shtni terib, qizigan Duhovkada 220gr/450 f da 15-20 minut pishirib olamiz. 10 minutdan keyin Bir marta orqasini aylantirib qo’yamiz. Yoqimli ishtaha ‼️


Assalomu alaykum ‼️ TELEGRAM kanalimiz manzili👇👇 INTAGRAM sahifamizni 👉 @pazanda.uz_dilafruz deb qidiring PRINCESS RAVSHANOY kanalimizga ham obuna bo’lishni unutmang 🤗👍👇 “””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””” Konvert usulida tayyorlanadigan UNIVERSAL QATLAMALI HAMIR! 500 gr un 280 ml muzdek suv 2 ch q uksus (5-7%) yoki limon suvi 1 ch q tuz 50 gr saryog’ yoki margarin Hamma masalliqlarni aralashtirib, yumshoqqina hamir qoramiz, hamirga 7-10 minut ishlov beramiz. Tayyor hamirni selofanga o’rab muzhonaga 15-20 minutga qo’yamiz. 350 gr qattiqroq margarin yoki saryog’ 3 osh q un Margarin bn unni yaxshilab mijib bir hil massa hosil qilamiz, to’rtburchak shakl berib selofanga o’rab, muzhonaga 7-10 minutga qo’yamiz. Hamirni olib to’rt tomonidan juvada yoyib ochamiz, hamir o’rtasi qalin bolib turadi. O’rtasiga tayyor to’rtburchak margarinni qo’yib, to’rt tomonidan hamir bilan yopamiz. Hamirni katta qilib yoyib, konvert qilib o’raymiz va muzhonaga 15 minutga qo’yamiz. Muzhonadan olib, katta yoyib, konvert qilib o’rab yana muzhonaga 15 minutga qo’yamiz. 3 marta shu holatni takrorlaymiz. 3 marta yoyib, o’raganimizdan keyin holodilnikka 2-3 soatga qo’yamiz. Hamirimiz tayyor! Ushbu qatlamali hamirdan Napoleon torti, nachinkali va nachinkasiz har xil shirinliklar, somsa va zakuskalar tayyorlash mumkin!


Assalomu alaykum! Mana bu ssilkalar orqali chak chak uchun sirop retseptini topishingiz mumkin 👇


Assalomu alaykum! Duhovkada GO’SHTLI Taom tayyorlaymiz! TELEGRAM kanalimiz manzili👇👇 INTAGRAM sahifamizni 👉 @pazanda.uz_dilafruz deb qidiring PRINCESS RAVSHANOY kanalimizga ham obuna bo’lishni unutmang 🤗👍👇 “”””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””” Kerakli masalliqlar: 1 kg go’sht (mol yoki qo’y go’shti) Ziravorlar: Tuz, murch Zira, kashnich urug’i Sarimsoq kukuni Paprika Quritilgan kokatlar Lavr bargi Go’shtga ziravorlarni yaxshilab surtib chiqamiz, Iloji bolsa oldinroq marinovka qilib qo’ying. Go’shtni idishga terib, ustiga folga qog’oz yopamiz, Duhovkada 220 gr/450 f da yarim soat pishiramiz. Ungacha sabzavotlarni ozroq yog’da yengil qovurib olamiz. Idishga sabzavotlar va go’shtni (hammasi chala pishgan) terib, ustiga folga qogoz yopib, Duhovkada 200 gr/400 f da 1 yarim, 2 soat pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha! Kanalni do’stlaringiz bilan ham ulashing👇👇👇


Assalomu alaykum! TELEGRAM kanalimiz manzili👇👇 INTAGRAM sahifamizni 👉 @pazanda.uz_dilafruz deb qidiring PRINCESS RAVSHANOY kanalimizga ham obuna bo’lishni unutmang 🤗👍👇 “””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””” Juda tez tayyor bo’ladigan LAGMON hamiri va mazali Qaylasini tayyorlaymiz!!! Qaylasiga: Yarim cho’mich yog’ Go’sht 400-500 gr Piyoz 1-2 ta Sabzi 1 ta Kartoshka 1 ta Qizil, sariq, yashil balgarskiy 1 kosa Selderey yarim kosa 3-4 tish sarimsoq 1 osh q tomat 1 osh q un Tuz, zira Suv Qozonga yog quyib go’shtni, sarimsoqni, piyozni navbatdan solib qovuramiz. Keyin sabzi va kartoshkani ham solib 3-4 minut qovuramiz. Balgarskiy, selderey solamiz. Tomat va unni ham solamiz, suv quyib o’rta olovda 45-50 minut pishiramiz. Hamiriga: 1 st suv 1 ta tuhum 1 osh q tuz Un Qattiqqina hamir qilamiz. Hamirni 4-5 mm qalinlikda katta yoyib, yana 4-5 mm lik lentalar kesamiz. Hamirlarni ozroq stolga ham urib yana ozroq cho’zib olamiz. Tuzli suvda qaynatamiz. Idishlarga hamir solib, qayla quyamiz. Yoqimli ishtaha!


Assalomu alaykum! Bugun sizlar bilan eng oson va mazali - PANNA KOTTA desertini tayyorlaymiz. TELEGRAM kanalimiz manzili👇👇👇 INSTAGRAM sahifamizni 👉 @pazanda.uz_dilafruz deb qidiring PRINCESS RAVSHANOY kanalimizga ham obuna bo’lishni unutmang 🤗👍👇👇 “””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””” Kerakli masalliqlar: 1 pachka jele (HALAL jele oling, bunga jelatin qo’shiladi) 300 ml qaymoq 2 osh q shakar upasi 1 ch q vanilin Qulupnay Jeleni yo’riqnomasi bo’yicha tayyorlab olamiz. Keyin Stakanga yarim qilib quyib chiqamiz, to’rgalgan qulupnay solib stakanlarni idishga sochiq qoyib, biroz qiyshaytirib joylashtiramiz. Qotgunicha holodilnikka yoki muzhonaga qo’yamiz. Qaymoq+shakar upasi+vanilinni mikserda ko’pirtirib krem tayyorlaymiz. Qotgan jeleni yoniga qaymoqli kremdan quyib chiqamiz. Yoqimli ishtaha!


TELEGRAM kanalimiz manzili👇👇 INTAGRAM sahifamizni 👉 @pazanda.uz_dilafruz deb qidiring PRINCESS RAVSHANOY kanalimizga ham obuna bo’lishni unutmang 🤗👍👇 “””””””””””””””””””” ”””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””” Assalomu alaykum! Bugun Koreys oshxonasiga mansub bo’lgan Kimchi salatini tayyorlaymiz! Pekin karami (Menda 2 bosh karam) 3-4 litr sovuq suv 1 st tuz Suvga tuzni aralashtirib, namakob suv tayyorlab qo’yamiz. Karamni yuvib, tozalab, 2 ga bo’lamiz. Chuqurroq kostryulka yoki idishga karamlarni zich qilib joylaymiz, ustidan karamlarni ko’mgunicha namakob (sho’r suv) quyamiz. Ustiga tarelka yopib, ogirroq narsa(masalan suv to’ldirilgan 3 litrli banka) bostirib qo’yamiz, va salqin joyda 2-3 kun saqlaymiz. Tez tez xabar olib turish kerak, issiqda qolib ketsa suvi aynishni boshlaydi. Holodilnikda yoki salqin joyda saqlagan ma’qul. Sous uchun: 2-3 ta pomidor 2-3 ta qizil balgarskiy 4-5 tish sarimsoq Tuz, murch Kashnich urug’i Qalampir kukuni (chili powder) Ziravorlar Pomidor va balgarskiyni blenderda yoki myasorubka (go’shtqiymalagich) yaxshilab maydalab, sous holiga keltiramiz. Maydalangan sarimsoq, ziravorlar solib aralashtiramiz. Karam 2 yoki 3 kun namakob suvda salqin joyda turgach yaxshigina elastik holga keladi, tuzlanadi, mazasi ancha yaxshilanadi. So’ng suvini to’kib yuboramiz va har bir bargiga, qavatiga, hamma joyiga shyotka yordamida sous surtib chiqamiz. Ustiga yana tarelka yopib og’ir narsa bostirib, 10-15 soat yoki 1 kunga holodilnikka qo’yamiz. Yoqimli ishtaha! Kanalni do’stlaringiz bilan ham ulashing👇👇👇


Assalomu alaykum! TELEGRAM kanalimiz manzili👇👇 INTAGRAM sahifamizni 👉 @pazanda.uz_dilafruz deb qidiring PRINCESS RAVSHANOY kanalimizga ham obuna bo’lishni unutmang 🤗👍👇 “””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””” Tvorojnik tayyorlaymiz! Nachinkasiga: 500 gr quruq tvorog 150 gr shakar 1 ch q vanilin 2 ta tuhum 1 st (200ml) qaymoq yoki smetana Hammasini idishga solib 3-4 minut mikser qilamiz. Hamiriga: 500 gr (3st) un 300 gr saryog yoki margarin 120 gr shakar 1 ch q vanilin 1 ch q razrixlitel Hammasini qo’limiz bilan yaxshilab uqalab, kroshka qilamiz. Tayyor kroshkani 3 ga bolamiz. Qolipga birinchi kroshkani solib nachinkani yarmini solamiz. Kroshkani ikkinchi qismini ham tekislab solib qolgan nachinkani to’kamiz. Oxirgi kroshkani ham tekislab solamiz va 170 gr/300 f da 1 soat Duhovkada pishirib olamiz. Pishgach yaxshilab sovutamiz. Xoxlagancha bezatamiz. Men qogozdan yurakcha kesib olib ustidan shakar upasi va kakao sepdim. Yoqimli ishtaha! Kanalni do’stlaringiz bilan ham ulashing👇👇👇


TELEGRAM kanalimiz manzili👇👇 INTAGRAM sahifamizni 👉 @pazanda.uz_dilafruz deb qidiring PRINCESS RAVSHANOY kanalimizga ham obuna bo’lishni unutmang 🤗👍👇 “””””””””””””””””””” ”””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””” Assalomu alaykum! Bugun juda oson tayyorlanadigan Tuhumli Mini Kotletlar tayyorlaymiz! 400-500 gr yogli qiyma 2 bo’lak non(katta bolsa 1 bo’lak) 1 ta piyoz Yarim st sut Tuz, murch Ziravorlar 3-4 ta Qaynatilgan tuhum Ustiga qoplash uchun: 2 ta tuhum 1-2 st non talqoni Ozroq un Tuz, murch Nonni sutga ivitib qo’yamiz. Qiymaga mayda qirgichdan chiqarilgan piyoz, ivitilgan non (sutini siqib yuboramiz), tuz, murch, zira, 50 ml sut solib yaxshilab aralashtiramiz. Idishga bir necha marta qattiq qattiq urib, qiymani yaxshilab pishitamiz. Qaynatilgan tuhumni uzunasiga 4 ga bo’lib olamiz. Qiymani orasiga bir bo’lak tuhum qo’yib uzunchoq kotlet shaklini beramiz. 1 soat muzhonada ustini biroz qotirib olamiz(judayam qotib ketmasin). 3 ta alohida idishlarga tuhum, talqon, unni solib qo’yamiz. Tuhumga ozroq tuz, murch 2-3 qoshiq sut solamiz. Muzhonadan kotletlarni olib avval unga, keyin tuhumga, oxirida talqonga botirib olamiz. Tovaga yoki qozonga ko’proq yog’ quyib, o’rtadan balandroq olovda kotletlarni hamma tomonini qizartirib qovuramiz. Yoqimli ishtaha! Kanalni do’stlaringiz bilan ham ulashing👇👇👇


Uyda tvorog tayyorlash: Telegram kanalga o’tish uchun ushbu ssilkani bosing 3 yarim litr sutni qozonga quyib qaynatishga qo’yamiz. 1 st qatiqqa 4 osh q uksus solib aralashtirib olamiz. Sut qaynashga kelganida (qaynab ketmasin!) qatiqni yarmini solib aralashtiramiz, sut ustiga tvorogi ajralib chiqishni boshlaydi. Tvorogini suzgichda suzib olamiz. Bir martada hamma tvorogi ajralishi qiyin, Shuning uchun bu holni yana 1 marta takrorlaymiz. Qatiqni qolganini Ham sutga solib aralashtiramiz, endi hamma tvorogi ajralib chiqib, sutimiz zardob holiga keladi hudo xoxlasa. Tvorogni suzgichda qoldirib, yoki marliga solib ilib qo’yilsa ortiqcha suvlari chiqib ketadi.


Assalomu alaykum! MARSHMELLOW MASTIKASI tayyorlaymiz! TELEGRAM kanalimizga kirish uchun ushbu ssilkani bosing👇👇👇 Instagram sahifamizni👉 @pazanda.uz_dilafruz deb qidiring PRINCESS RAVSHANOY kanalimizga ham obuna bo’lishni unutmang🤗👍👇👇 «»»»»»»»»»»»»»»»»»»»»»»»»»»»»»»»»»»»»»»»»»»»»»»»»»» MARSHMELLOW ni ham HALAL deganidan olinglar, bunga jelatin qo’shiladi❗️❗️❗️ 100 gr marshmellow 100-150 gr shakar upasi 1 osh q saryog’ 2 osh q oddiy suv Gel ranglardan (suyuq) Marshmellow, saryog, suvni tog’oraga solib mikrovolnovkada yoki suv hammomida 1-1yarim daqiqa eritib olamiz. Erigan marshmellowni yaxshilab aralashtirib, shakar upasini ozginadan elakdan o’tkazib, yumshoq, qo’lga yopishmaydigan hamir qoramiz. Hamir qorish jarayonida yoki marshmellowni eritib olganimizda xoxlagan rangimizdan qo’shamiz. Rangni suyuqlik shaklidagisidan ishlating! Shakar upasini ko’p qo’shib yubormang! Mastika qattiq, yoyilishi qiyin bo’lib qoladi. Endi bu mastikani stretch selofanga mahkam o’rab muzhonada bir necha oygacha saqlashimiz mumkin. Holodilnikdan olganimizdan keyin hona haroratida biroz yumshatamiz, yaxshilab yana ishlov berib, keyin yoyishimiz mumkin.👍👍


TELEGRAM kanalimiz manzili👇👇 INTAGRAM sahifamizni 👉 @pazanda.uz_dilafruz deb qidiring PRINCESS RAVSHANOY kanalimizga ham obuna bo’lishni unutmang 🤗👍👇 “””””””””””””””””””” ”””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””” Assalomu alaykum! Bugun yana bir Mastika turini tayyorlaymiz! Molochnaya Mastika ya’ni sutli Mastika deyiladi. Mastikalar ichida eng osoni desak ham bo’ladi. Demak bizga: Shakar upasi 2- 2,5 stakan Quruq sut 1,5- 2 stakan Quyultirilgan sut 2-3 osh q Shakar upasi va quruq sutni elakdan o’tkazib, yaxshilab aralashtiramiz. So’ng 2 osh q sgushonnoe moloko (quyultirilgan sut) qo’shamiz. Sgushonnoe molokoni birdaniga ko’p qo’shib yubormang, chunki ozgina moloko uchun ham juda kop quruq masalliqlar (shakar upasi va quruq sut aralashmasi) kerak bo’ladi. Endi Hammasini yaxshilab aralashtirib, hamirga o’xshagan Mastika tayyorlaymiz. Agar mastikangiz hali yopishqoq, juda yumshoq bo’lsa yana shakar upasi va quruq sut elakdan o’tkazib, aralashtirib, Mastikaga qo’shing. Xoxishga ko’ra gel ranglardan qo’shib, rangli Mastika tayyorlashingiz mumkin. Qo’lga yopishmaydigan, lekin yumshoq Mastika tayyor bolishi kerak! Endi bu mastikani stretch selofanga o’rab, muzhonada bir necha oygacha saqlashimiz mumkin. Kanalni do’stlaringiz bilan ham ulashing👇👇👇


Assalomu alaykum! Telegram kanalimiz👉 Instagram sahifamiz👉@pazanda.uz_dilafruz Obuna bo’ling va telegram va instagram sahifalarimizni ham kuzatib boring. Judayam oson tayyorlanadigan Vanillali KAPKEYK KEKSchalari! 2 ta tuhum 200 g shakar (yoki 200 ml stakanda 1 yarim st) 500 gr un (200 ml stakanda 4 st) 200 gr muzdek margarin 1 ch q vanilin 500 ml (yarim litr) qatiq 1 ch q to’la choy soda 1 st shokolad yoki mayiz, yongoq. Idishga tuhum va shakarni solib aralashtiramiz. Boshqa idishda unga margarinni qirgichdan chiqarib urvoq (kroshka) hosil qilamiz. Song urvoqli massaga 1 ch q vanilin, shakar+tuhumli massani qo’shib yaxshilab aralashtiramiz. Yarim litr qatiqqa 1 ch q soda solib unli massaga qoshib yaxshilab aralashtiramiz, maydaroq kroshkalari qolsa havotir olmaymiz, qatiq, margarinlari muzdek bolgani uchun margarin yaxshi erimagan. Tayyor hamirga shokolad yoki mayiz, yongoq solamiz va qog’oz solingan kapkeyk qolipiga hamirlarni quyib chiqamiz. Qoshiqdan qiyiin tushadigan hamir boladi. 180 gr/350 f da 35-40 minut orasida pishirib olamiz. Xoxlagan krem bilan bezatamiz, Yoqimli ishtaha!


Assalomu alaykum! Og’izda erib ketadigan Chak-chak retsepti. Telegram kanalga o’tish uchun ushbu ssilkani bosing 500 gr un 125 gr saryog’ yoki margarin 1 ta tuhum sarig’i 1 st iliq suv 1 ch q droja 1 osh q shakar Yarim ch q tuz 1 ch q razrexlitel Для теста: 500 гр муки 125 гр сл.масло или марг. 1 желток 200 мл вода 1 с л сахар 1 ч л дрожа 0,5 ч л соли 1 ч л разрыхлител Крахмал (чтобы раскатать теста) Hamma masalliqlarni solib yumshoq, qo’lga yopishmaydigan hamir qilamiz. 30 minut tindiramiz. Tingan hamirni krahmal yordamida katta qilib yoyamiz, yana krahmal sepib Bir kecha marta konvert qilib o’raymiz. So’ng hamirni 3,4 mm qalinlikda yoyib dumaloq, to’rtburchak qolipchalar yordamida shakllar chiqaramiz. Bantiklar yasab ko’proq yog’da o’rta olovda ozginadan bantik solamiz, ustiga qoshiqda yog’ quyib turamiz, bantiklarimiz ichib chiqadi. Siropiga: 1 st shakar Yarim st suv 3,4 osh q limon suvi 5 daqiqa qaynatib gazdan olamiz. Tayyor bantiklarimizni birma-bir siropga botirib kunjut sepamiz. Yoqimli ishtaha!


TELEGRAM kanalimiz manzili👇👇 INTAGRAM sahifamizni 👉 @pazanda.uz_dilafruz deb qidiring PRINCESS RAVSHANOY kanalimizga ham obuna bo’lishni unutmang 🤗👍👇 “””””””””””””””””””” ”””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””” Assalomu alaykum! Bugun Amerikancha Sarimsoq-Pishloqli Non tayyorlaymiz! Bu yerda Bir nechta oshirma hamirlar retseptlari bor👇 Nonga, pitsaga ishlatadigan yumshoqqina oshirma (drojali) hamir kerak bo’ladi. Hamirni yaxshilab ko’ptirib, yong’oqdek zuvalachalar qilamiz. Orasiga qirgichlangan pishloq+ko’kpiyoz solib dumaloq qilamiz. Erigan saryog’ga maydalangan ko’katlar, chisnok, 2-3 osh q salat yog’i, ozroq tuz va murch solib yaxshilab aralashtiramiz. Orasiga pishloq qoygan hamirlarimizni birma-bir chisnokli saryog’ga botirib, yoglangan keks qolipiga qavat qavat qilib terib chiqamiz. Yarim soat tindirib, qizigan Duhovkada 180 gr/350 f da 40-45 minut pishirib olamiz. Pishgach biroz sovutib, saryog+chisnokli aralashmamizdan ustiga quyib, sous bilan dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha! Kanalni do’stlaringiz bilan ham ulashing👇👇👇


Assalomu alaykum! Judayam oson tayyorlanadigan SHOKOLAD BISKVITLI RULET! Biskvit uchu: 6 ta tuhum 150 gr shakar 4 osh q to’la un 2 osh q to’la kakao 1 ch q razrexlitel 1 ch q vanilin Alohida idishda un,kakao, razrexlitel, vanilinni elakdan o’tkazib aralashtirib olamiz. Tuhumni oqini ajratamiz. Oqiga chimdim tuz solib qattiq ko’pik bo’lgunicha ko’pirtiramiz. Shakarni ozginadan qoshib yana mikser qilamiz. Tuhum sarig’ini ham bittadan qoshib mikser qilishda davom etamiz. Tayyor massaga quruq masalliqlarni yana Bir marta elakdan o’tkazib ozginadan qoshib, qoshiqda yoki shpatelda Bir tomonga aylantirib aralashtiramiz. Tayyor hamirni pergament qog’oz solingan listga to’kib tekislaymiz. Listimni razmeri 30 sm&45 sm. Duhovkada 190 gr/375 f da 8-10 minut pishirib olamiz. Pishgach olib nam sochiqqa rulet qilib o’rab qo’yamiz, honada sovutamiz. Ungacha krem tayyorlaymiz: 230 gr saryog’ 350 gr quyultirilgan sut (sgushonnoe moloko) Masalliqlarni 5-6 soat oldin holodilnikdan olib qo’yamiz. Yumshoq saryogni oppoq bolgunicha yaxshilab ko’pirtiramiz. Quyultirilgan sutni ozginadan qoshib yana mikser qilamiz. Krem tayyor. Biskvitni sochiqdan olib shakarli suv quyamiz (1 st suv+2-3 osh q shakar qaynatamiz). Kremdan ozroq olib qo’yamiz (gul chiqarish uchun). Song biskvitga krem surtamiz, rulet qilib oraymiz. Holodilnikka qoyib turamiz. Ustiga quyish uchun ganaj tayyorlaymiz: 1 st mayda shokolad Yarim st qaymoq (slivka) mikrovolnovkada yoki suv hammomida isitib olamiz. Yaxshilab aralashtirib chiroyli ganaj holiga keltiramiz. Ruletni holodilnikdan olib ustiga ganajni quyamiz, yana 2 soat holodilnikka qo’yamiz. Holodilnikdan olib, pichoqni suvlab bo’laklarga bo’lamiz. Ustiga olib qoygan kremimizdan gul chiqaramiz. Ruletlarimiz tayyor, Yoqimli ishtaha! Telegram kanalimiz manzili👇👇


TELEGRAM kanalimiz manzili👇👇 INTAGRAM sahifamizni 👉 @pazanda.uz_dilafruz deb qidiring PRINCESS RAVSHANOY kanalimizga ham obuna bo’lishni unutmang 🤗👍👇 “””””””””””””””””””” ”””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””” Assalomu alaykum qadrdonlarim! Bugun yana bir dasturxon ko’rki bo’ladigan shirinlik retseptini sizlarga taqdim qilmoqchiman. Qizil Bahmal pirojniysi! Biskvit uchun: 150 gr yumshoq saryog yoki margarin 180 gr shakar (1 st) 3 ta tuhum 250 ml qatiq 300 gr un 1 ch q razrixlitel 1 ch q soda 1 ch q vanilin 1 chimdim tuz Qizil rang Yumshoq Margarin va shakarni mikserlaymiz, 1 tadan tuhum qo’shib mikser qilishda davom etamiz. Un+razrixlitel + vanilin+tuz elakdan o’tkazib tuhumli massaga qo’shamiz. Qatiqqa soda va qizil rangni qo’shib, hamirga qo’shamiz va yaxshilab mikserda aralashtiramiz. Tayyor hamirni pergament qog’oz solingan listga quyamiz. Listim razmeri 45sm & 30sm, agar listingiz kichikroq bolsa 2 ga bo’lib pishiring, juda qalin bo’lib ketmasin. Qizigan Duhovkada 180 gr/350 f da 15-20 minut pishirib olamiz. Kremiga: 450 gr krem-chiz 250 ml qaymoq 180-200 gr shakar upasi 1 ch q vanilin Hamma masalliqlar muzdek bo’lsin! Hammasini mikserda qattiq krem bo’lgunicha ko’pirtiramiz. Biskvitdan xoxlagan shakllarni kesib olamiz, menda yurakli qolip. Chetlaridan qolgan biskvitni yana duhovkaga 180 gr ga qo’yib quritib olamiz, qurigach yaxshilab maydalaymiz. Orasiga krem quyib, chetlariga ham krem surtamiz. Chetlariga maydalangan biskvitni sepamiz (yoki botirib olamiz). Eritilgan oq shokoladga qizil rang qo’shib, pirojniylarni ustiga quyamiz, ortgan kremdan ozroq gul chiqaramiz. Yana boshqacha bezatishingiz ham mumkin. Yoqimli ishtaha!


Assalomu alaykum! Kirib kelayotgan RAMAZON oyi barchamizga muborak bo’lsin! Ramazon uchun ba’zi masalliqlarni tayyorlab qo’yamiz. Konvertli QATLAMALI HAMIR retsepti bu yerda👇👇 Tez tayyor bo’ladigan QATLAMALI HAMIR retsepti bu yerda👇👇 TOVUQLI KOLBASA retsepti bu yerda👇👇 TELEGRAM kanalimiz manzili bu yerda👇👇


TELEGRAM kanalimiz manzili👇👇 INTAGRAM sahifamizni 👉 @pazanda.uz_dilafruz deb qidiring PRINCESS RAVSHANOY kanalimizga ham obuna bo’lishni unutmang 🤗👍👇 “””””””””””””””””””” ”””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””” Assalomu alaykum! Kirib kelayotgan Qurbon Hayiti barchamizga muborak bo’lsin! Bugun Hayit dasturxonimiz uchun judayam chiroyli va mazali Chak-Chak tayyorlaymiz! Hamiriga: 500 gr un (200 ml lik stakanda 4 st) 1 osh q shakar Yarim ch q tuz 1 ch q razrixlitel Yarim ch q droja 1 ta tuhum sarig’i 125 gr eritilgan saryog yoki margarin 200 ml sovuq suv Hammasini idishga solib o’rtacha qattiqlikda hamir qoramiz, 10-15 minut mushtlaymiz! Ustini yopib yarim soat holodilnikka qo’yamiz. Hamir tingach 4-5 mm qalinlikda yoyamiz. 3 hil kattalikda dumaloqchalar kesib olamiz. Chetlarini kesib, chimchilab gul shaklini beramiz. 3 hil kattalikdagi gullarni tuhum oqi surtib, ustma-ust yopishtirib chiqamiz, o’rtasiga yeryongoq yoki bodomni yaxshilab kirgizib qoyamiz. Qozonga koproq yog quyib, o’rta olovda ikki tarafini tillarang qilib qovurib olamiz! Sirop uchun: 1 yarim st shakar 150 ml suv yarimta limon suvi Shakar va suv miqdorini o’zingiz belgilashingiz mumkin, 1 st shakarga yarim st suv quyiladi. Gazda 10 minut qaynatamiz, qoshiqdan biroz cho’ziluvchan bo’lib oqsa sirop tayyor! Sirop biroz sovuganidan keyin (qaynoq bo’lmasin, chak chaklar bo’kib qoladi) chak-chaklarni botirib olamiz. Yoqimli ishtaha! Kanalni do’stlaringiz bilan ham ulashing👇👇👇


Assalomu alaykum! Qizim Ravshanoyni kanaliga ham marhamat 🤗👍👇 Telegram kanalimiz bu yerda👉 Instagram sahifamiz👉 @pazanda.uz_dilafruz Qatlamali hamir retseptimiz bu yerda👇👇 Рецепт слоёного теста здесь👇👇 Qatlamali hamirdan Antiqa GO’SHTLI PIROG Nachinkasi uchun: 800-1000 gr yog’li qiyma 1 ta piyoz 1 ta sabzi Balgarskiy 5 ta pishgan tuhum Ko’katlar Tuz, murch,ziravorlar Sabzavotlarni qirg’ichdan yoki blenderdan o’tkizamiz, ko’katlarni to’rg’aymiz. Hammasini qiymaga solib, tuz,ziravorlar solib yaxshilab aralashtiramiz. Qatlamali hamirni katta qilib 4-5 mm qalinlikda yoyamiz. O’rtasiga qiymani yarmini solib, tuhum qo’yamiz, qolgan qiyma bilan tekislab yopamiz. Hamir chetlarini pastga qaratib kesib, o’rimga o’xshatib bir-birini ustiga o’tkizib chiqamiz. Tuhum surtib, sedana sepamiz. 190 gr/375 f da 35-40 minut pishiramiz. Yoqimli ishtaha!


Assalomu alaykum! LIMONAD tayyorlaymiz! 1 ta kattaroq limon 1 ta apelsin 2 st shakar 2 litr muzdek gazsiz suv Limon, apelsin, shakar, ozroq suvni blenderga solib yaxshilab maydalab, aralashib olamiz. Qolgan suvni Ham qoshamiz va elakchadan 2 marta o’tkazib, suzib olamiz. Xoxishga ko’ra 3-4 ta yalpiz bargidan va muz bo’laklaridan ham solishingiz mumkin. LIMONAD tayyor! Kanalni do’stlaringiz bilan ham ulashing👇👇👇


TELEGRAM kanalimiz manzili👇👇 INTAGRAM sahifamizni 👉 @pazanda.uz_dilafruz deb qidiring PRINCESS RAVSHANOY kanalimizga ham obuna bo’lishni unutmang 🤗👍👇 “””””””””””””””””””” ”””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””” Assalomu alaykum! Judayam mazali va chiroyli chiqadigan Qopchali Somsa ya’ni Meshok Somsa tayyorlaymiz! Hamiriga: 400-450 gr un 1 osh q tuz 1 ch q razrixlitel 120 gr qattiq saryog’ yoki margarin 2 ta tuhum sarig’i 50 ml salat yog’i 150-200 ml sovuq suv Un bn margarinni uqalab olamiz. Qolgan masalliqlarni ham qo’shib o’rtacha qattiqlikda hamir qoramiz. Ustini yopib yarim soat holodilnikka qo’yamiz. Tingach kichkina koptokdek zuvalachalar qilib, o’rtasini qalinroq, chetlarini yupqa qilib diametri 18-19 sm atrofida katta qilib yoyamiz. Ichiga xoxlagan nachinkani solib, hamirni qopga o’xshatib chetlarini yig’ib, “bo’ynidan” qalin ip yoki folgadan lenta yasab boylab qo’yamiz. Tuhum sarig’iga ozroq sut aralashtirib, somsani ustiga va yonlariga surtib chiqamiz. Kunjutga somsani yonlarini botirib olamiz. Qizigan Duhovkada 190 gr/375 f da 30-40 minut pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha! Kanalni do’stlaringiz bilan ham ulashing👇👇👇


Assalomu alaykum! Princess Ravshanoy kanaliga ham obuna bo’ling 🤗👍👇 SUPER QATLAMALI NACHINKALI PECHENE. QATLAMALI HAMIR retseptimiz bu yerda👇👇 TELEGRAM kanalimiz manzili bu yerda👇👇 Qatlamali hamirni keragicha olib 5 mm qalinlikda yoyamiz. Chetlarini tekislab 2 ga bo’lamiz. Bir tomoniga bir hil to’rtburchaklar chizib olib, har birini ichiga nachinka qo’yamiz, Men shokolad va yeryong’oq qo’ydim. Ikkinchi hamir bilan ustini yopib chetlarini tekislab, qo’limiz bilan bostirib chiqamiz. Keyin pichoqda har Bir to’rtburchakni atrofini kesib chiqamiz. Listga terib tuhum surtamiz, sedana sepamiz. Xoxlasangiz tuhum surtmay pishirib, pishgach shakar upasi sepib qo’yishingiz mumkin. Duhovkada 180 gr/350 f da 20 minut pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!


Assalomu alaykum! TURK nonini tayyorlaymiz. TELEGRAM kanalimiz manzili👇👇 INTAGRAM sahifamizni 👉 @pazanda.uz_dilafruz deb qidiring PRINCESS RAVSHANOY kanalimizga ham obuna bo’lishni unutmang 🤗👍👇 “”””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””” Hamiri uchun : 700 gr un 250 ml l iliq suv 250 ml l iliq sut 1 osh q tuz 1 ta tuhum (oqi) 1 osh q droja 3-4 osh q hidsiz yog’ Ustiga surtish uchun: 1 ta tuhum sarig’i 2 ch q shakarsiz yogurt (yoki qatiq) Hamir qorib, 1 yarim soat oshirgani issiq joyga qo’yamiz. Oshgach zuvala qilib, yupqaroq qilib qo’lda yoyamiz. Tuhum sarig’i va yogurtni aralashtirib, hamir ustiga surtamiz, qo’limizda hamirga chiziqlar chiqib chiqamiz. 200 gr/400 f da 20 minut pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!


Assalomu alekum! Mikrovolnovkada Asalli tort, 4daqiqada pishadi! Telegram kanalga o’tish uchun ushbu ssilkani bosing Qozonchani gazga qo’yamiz. 4 osh q asal 1 ch q soda solib qizargunicha aralashtiramiz. 150 gr saryog yoki margarin Yarim st shakarni Ham solib erigunicha aralashtiramiz, shakarlari erigach gazdan olamiz. Alohida idishda 3 ta tuhum atalab asalli massaga qo’shamiz. Keyin 1 st unni (stakanim 250 ml lik) oz ozdan suyuq massaga solib venchikda yaxshilab aralashtiramiz. Mikrovolnovkaga soladigan idishga (konteyner) tayyor hamirni quyib mikrovolnovkaga 4 minutga qo’yamiz. Menda rosa 4 minutda pishadi, bu mikrovolnovkani quvvatiga Ham bog’liq, balki sizlarda ko’proq vaqtda pishar, gugurt cho’pi solib korarsiz, agar quruq chiqsa korjimiz tayyor, agar hamir yopishib chiqsa yana 1 minutga qo’ying. Kremi: qaymoqli 300 ml qaymoqni mikserni past tezligida mikserlashni boshlaymiz. Qaymoq ko’pik bolib, sekin quyilishni boshlaydi, tezlikni oshiramiz. Qaymoq quyilganida yarim st shakar upasini oz-ozdan qo’shib kremga iz tushgunicha mikser qilamiz. Tayyor ko’rjni notekis joylarini kesib tekislaymiz, 3 ga bo’lamiz. Korjlarni sut yoki shirin suv bilan propitka qilib krem surtamiz. Tekislaganda olib qo’ygan korjlarni maydalab tort ustiga, yonlariga sepib chiqamiz. Holodilnikka 3,4 soatga qo’yamiz. Yoqimli ishtaha!🎂😋


Assalomu alaykum! *Baunti* Torti. Telegram kanalga o’tish uchun ushbu ssilkani bosing Bu tortni ko’pchilik tayyorlab ko’rgan. Men ham o’z uslubimni sizlar bilan bo’lishmoqchiman. Biskvit uchun: 3 ta tuhum Yarim st qatiq Yarim st salat yog’i 180 gr shakar 1 st to’la un Yarim st kakao 1 ch q razrexlitel 1 ch q soda Birinchi quruq masalliqlarni- un, kakao, razrexlitelni elakdan o’tkazib olamiz. Boshqa idishga 3 ta tuhum, shakarni solib mikserda yaxshilab ko’pirtiramiz. Yarim i qatiqqa 1 ch q soda solib aralashtirib tuhumli massaga qo’shamiz. Yard m st salat yogini Ham solib Bir aralashtiramiz. Quruq mahsulotlarni ham tuhumli massaga qoshib shpatelda aralahtiramiz. Pergament qog’oz solingan qolipimizga hamirni quyamiz. Hamir o’rtalarini shpatelda chetlariga chiqarib, o’rtasini yupqaroq qilib qoyamiz, shunda korjimiz pishganida o’rtasi baland bo’lib ishib qolmaydi. 180 g/325 f da 45,50 minut pishirib olamiz. Kremiga: 500 ml sut 1 st shakar 6 osh q manniy yormasi (mannaya krupa) 110 gr saryog 1 st kokos strujkasi Hammasini qozonchaga solib gazga qo’yamiz. Massamiz qaynab chiqqach qo’yilishni boshlaydi, kavlab turamiz. Krem holiga kelib qo’yiq kasha bo’lgach gazni o’chiramiz va kremni sovutamiz. Korjni 2 ga bo’lib Bir qavatini yana qolipga solamiz. Ustiga sovigan kremni solib yaxshilab tekislaymiz. Ikkinchi korjni yopib qo’lim is bilan bosib, tortni holodilnikka qo’yamiz. Shokoladli Ganaj tayyorlaymiz: 1 st shokolad Yarim st qaymoq (slivka) Idishga solib mikrovolnovkada 1,5 minut isitib olamiz. So’ng aralashtirib chiroyli ganaj holiga keltiramiz. Tortni idishga olib ustidan hona haroratidagi ganajni quyamiz va holodilnikda 3,4 soat qoldiramiz. Yoqimli ishtaha!😋🍫🎂👍


TELEGRAM kanalimiz manzili👇👇 INTAGRAM sahifamizni 👉 @pazanda.uz_dilafruz deb qidiring PRINCESS RAVSHANOY kanalimizga ham obuna bo’lishni unutmang 🤗👍👇 “””””””””””””””””””” ”””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””” Assalomu alaykum! Bugun judayam oson tayyorlanadigan yumshoqqina PANKEYK tayyorlaymiz! 2 ta tuhum 70 gr shakar 50 gr saryog’ 200 ml sut Bir chimdim tuz 180 gr un 1 ch q razrixlitel 1 ch q vanilin Hamma masalliqlarni idishga solib venchikda yaxshilab aralashtiramiz. Qizigan quruq tovaga yarim cho’michdan ko’proq qilib hamirdan quyamiz. O’rta olovda pankeyklarni ikkala tarafini qizartirib pishirib olamiz. Xoxlagancha bezatib dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha! Kanalni do’stlaringiz bilan ham ulashing👇👇👇


KLASSIK BISKVIT tayyorlash КЛАССИЧЕСКИЙ БИСКВИТ Telegram kanalga o’tish uchun ushbu ssilkani bosing «»»»»»»»»»»»»»»»»»»»»»»»»»»»»»»»»»»»»»»»»»»»»»»»»» 8 ta o’rtacha tuhum 8 osh q to’la un (200gr bo’ladi) 1 st shakar (180 gr bo’ladi) 1 choy q razrexlitel 1 chimdim tuz “””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””” 8 яиц 8 с л мука (200гр) 1 ст сахар (180 гр) 1 ч л разрыхлитель Щепотка соли


TELEGRAM kanalimiz manzili👇👇 INTAGRAM sahifamizni 👉 @pazanda.uz_dilafruz deb qidiring PRINCESS RAVSHANOY kanalimizga ham obuna bo’lishni unutmang 🤗👍👇 “””””””””””””””””””” ”””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””” Assalomu alaykum! Bugun Arabcha Qatlama tayyorlaymiz! Eslatib o’taman, yog’da qovuriladigan qatlamadan ancha yog’siz bo’ladi! Hamiriga: Yarim kg un 300 ml suv 1 osh q tuz 1 ch q droja Yumshoq hamir qoramiz. Hamirni ko’ptirish shartmas! 15-20 minut dam oldiramiz. Tingach koptokdek zuvalalar qilamiz. Eritilgan saryog’ surtib stolda qo’limiz yordamida hamirni yupqa qilib yoyamiz. Yana saryog surtib, ozroq krahmal yoki un sepamiz. Ingichka ipsimon lentalar kesib, birlashtirib, saryog’ surtib, qolimizda dumaloq qilib o’raymiz. Tingach qatlamalarni yoyib, tovada orqa-oldiga ozginadan yog’ quyib, o’rta olovda qizartirib pishiramiz. Yoqimli ishtaha! Kanalni do’stlaringiz bilan ham ulashing👇👇👇


Assalomu alaykum! Telegram kanalimizga a’zo bo’lish uchun bu yerga bosing 👉 Instagram sahifamiz bu yerda👉 @pazanda.uz_dilafruz Shoko LOMTIK tayyorlaymiz Biskvit uchun: 6 ta tuhum 180 gr shakar 6 osh q un 1 ch q vanilin 1 ch q razrexlitel Tuhum oqini sarig’idan ajratamiz. Oqiga-150 gr , sarig’iga-30gr shakar solib alohida ko’pirtiramiz. Keyin ikkalasini aralashtiramiz. Un+vanilin+razrexlitel aralashtirib elakdan o’tkazamiz, ozginadan tuhumli massaga qoshib Bir tomonga aralashtiramiz. Pergament qog’oz solingan listga hamirni to’kib 200 gr/400 f da 8-10 minut pishirib olamiz. Shokoladli ganaj tayyorlaymiz: 1 st shokoladga 4-5 osh q qaymoq(slivka) qoshib mikrovolnovkada yoki suv hammomida eritamiz, aralashtiramiz. Tayyor bo’lgan biskvitni 2 ga bolib orasiga ganajni quyamiz, holodilnikka 2 soatga qo’yamiz. Ustiga qoplash uchun 300 gr shokoladga 3-4 osh q qaymoq quyib eritib olamiz. Biskvitni bo’laklarga bo’lib shokoladga botiramiz. Holodilnikka 2-3 soatga qo’yamiz. Yoqimli ishtaha!


Assalomu alaykum! Duhovkada Uy Noni Telegram kanalga o’tish uchun ushbu ssilkani bosing 1 litr iliq sut 1 yarim kg un Yarim st eritilgan saryog’ yoki margarin 1/4 st shakar 1 osh q tuz 1 osh q droja Hammasini solib o’rtacha yumshoq hamir qilamiz. 1 yarim soat iliq joyda oshiramiz. Oshgach zuvalachalar yasaymiz. 1 ta katta piyoz 200 gr yogli qiyma Ko’katlar Tuz, murch hammasini aralashtiramiz. Go’shtli non uchun hamirni 5 mm qalinlikda yoyamiz, eritilgan saryog surtib qiymani hamir yarmigacha solamiz, tepasidan lentalar kesib, hamirni rulet qilib pastdan o’rab kelamiz. Nonlarni Ham yasab listga teramiz. Go’shtli non 180gr/375f da 25, 30 minutlarda pishadi. Oddiy nonlarni 200 gr/400 f da 20 minut pishiramiz. Issiqligida qaymoq bilan yeb olamiz😋👍


Assalomu alaykum! Telegram kanalimizga a’zo bo’lish uchun bu yerga bosing 👉 Instagram sahifamiz bu yerda👉 @pazanda.uz_dilafruz Qum-qum QURABIElar! 280 gr yumshoq margarin yoki saryog’ 3 ta tuhum sarig’i Yarim st shakar upasi 1 st (100gr) jo’xori krahmali 3 st (350 gr) un Bir chimdim tuz 1 ch q razrexlitel 1 ch q vanilin Ингредиенты: 280 гр маргарин или сл.масло 3 желток 0,5 ст сахарная пудра 1 ст (100гр) кукурузный крахмал 3 ст (350гр) мука Щепотка соль 1 ч л разрыхлитель 1 с л ванилин


TELEGRAM kanalimiz manzili👇👇 INTAGRAM sahifamizni 👉 @pazanda.uz_dilafruz deb qidiring PRINCESS RAVSHANOY kanalimizga ham obuna bo’lishni unutmang 🤗👍👇 “””””””””””””””””””” ”””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””” Assalomu alaykum! Bugun O’zbek milliy taomlarimizdan biri bo’lgan ATALAni eng mazali uslubda tayyorlaymiz! 150 gr dumba yoki qo’y yogi 200-300 gr go’sht (xoxishga ko’ra) 1 ta piyoz Yarim st (piyola) un 1,5 litr suv Bir siqim guruch Tuz Dumba, go’sht, piyozni maydaroq to’grab olamiz. Qizigan qozonda avval dumbani eritamiz. So’ng go’shtni solib biroz qizartiramiz, piyozni ham solib tillarang bo’lgunicha tuz sepib qovuramiz. So’ng un solib ozroq qovurib suv quyamiz. Qaynab chiqqach guruch solib, guruchi pishgunicha 10-15 minut o’rta olovda qaynatamiz. Guruchi pishgach idishlarga suzib dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha! Kanalni do’stlaringiz bilan ham ulashing👇👇👇


Видео добавлено: